Author:
Samadov Baxodirjon Sharipovich,Jalilov Fazliddin Sodiqovich,Musozoda Safol Miraxmad,Jalilova Feruza Sodiqovna
Abstract
Dorivor o’simliklardan foydalanish, ularning yangi foydali xususiyatlarini kashf qilish, kimyoviy tarkibini, xalq tabobatida ishlatilishini o’rganish natijasida yangi dori vositalarini va dori shakllarini ishlab chiqarish farmasevtika sohasini xalq tabobati bilan bevosita bog’lovchi ko’prik vazifasini bajaradi. Dori shakli sifatida ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Momordica charantia L dorivor o’simligi ham qadim zamonlardan buyon o’zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur, asli yurti Hindiston bo’lgan ushbu o’simlikning butun dunyoda dori shakllari mavjuddir. Tadqiqot ishimizda o’simlik asosida bir necha turdagi dori shakllarini o’rganish hamda u asosida maqbul dori shaklini olish rejalashtirildi.