Abstract
Margarin, margarin va sariyogʻ omixtasi hamda sariyogʻni bojxona maqsadlari uchun identifikasiya qilish uchun kimyoviy tarkiblari xromatomass spektrometriya ususlida tadqiq qilindi. Bunda ularning tarkibidagi xolesterin moddasi asosiy koʻrstkich sifatida belgilab olindi. Tadqiqot natijalariga koʻra margarin tarkibida xolesterin moddasi mavjud emasligi, sariyogʻ margarin omixtasida 0,06 mg/g hamda sariyogʻ tarkibida 2,66 mg/g xolesterin moddasi mavjudligi aniqlandi. Bunga koʻra margarin yoki sariyogʻ va margarin omixtasi mahsulotlari tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining 15 guruhida, sariyogʻ esa 04 guruhida tasniflanishi koʻrasatildi.