Abstract
Mazkur maqolada norfloksatsin (HL) ning sirka kislota anioni bilan hosil qilgan C36H50F2N6O13 tarkibli yangi organik tuz kompleks birikmasining sintezi, tarkibi, molekulyar va kristall tuzilishlari, rentgen tuzilish tahlili (RTT) yordamida o‘rganilgan. RTT usulida organik tuz birikmasi molekulyar massasi 812.8 g/mol, singoniyasi triklinik, fazoviy shakli P-1 ekanligi aniqlandi. Sintez qilingan organik tuzning RTT tahlilida olingan ma’lumotlari asosida komleksning Hirshfeld sirt tahlili qilindi hamda molekulalararo ta’sirlashish energiyalari hisoblab chiqildi. Hirshfeld sirt tahlili natijalariga ko‘ra ta’sirlarning asosiy qismini H…H (46.5%), H…O/O…H (30.0%) bog‘lari tashkil qilishi aniqlandi.