Author:
Bozorova Mahbuba Ishquvvatovna,Rasulov Abdusamat Abdujabborovich,Ashurov Jamshid Mengnorovich
Abstract
Mazkur ma’qolada Ni (II) ionining Levofloksasin (LEV) bilan tasirlashishi natijasida [Ni(LEV)2EDA]∙7H2O tarkibli yangi metallokompleks sintez qilindi. Sintez qilingan metallokompleksning tarkibi, molekulyar va kristall tuzilishlari, rentgen tuzilish tahlili (RTT) yordamida o‘rganilganda, molekulyar massasi 957.55, singoniyasi triklinik, fazoviy shakli P-1 ekanliklari aniqlandi. Sintez qilingan metallokompleks hamda ligandning IQ - spektrlari Shimadzu (Yaponiya) IQ-Furye spektrofotometrida 400-4000 sm-1 sohada yozib olinib o‘rganildi. RTT tahlilida olingan ma’lumotlar asosida komleksning Hirshfeld sirt tahlili amalga oshirildi. Hirshfeld sirt tahlili natijalariga ko‘ra tasirlarning asosiy qismini H…H (60.9%), H…O/O…H (21.5%) bog‘lari tashkil qilishi aniqlandi.