Abstract
Qovuq siydik nayi reflyuksi (QSNR) - bu bolalarda siydik chiqarish tizimining og‘ir xastaliklaridan biri bo‘lib reflyuksli nefropatiyaning rivojlanashiga, piyeloektaziyaning kuchayishiga, buyrak parenximasining asta-sekin yemirilishiga, buyrak hajmining kichrayib borishiga natijada oxir oqibat surunkali buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Antireflyuks mehanizimini yaratish uchun bajariladigan operasiyalarining travmatik tabiatga ega ekanligi va ulardan keyin yuzaga keladigan jiddiy asoratlar kasallikka yangi yechimlarni izlashga majbur qiladi. Adabiyotlarga ko‘ra xilma-xil usullar bilan reimplantasiya qilingan antirefluks mehanizimini yaratishga qaratilgan operasiyalardan so‘ng siydik yo‘llarining stenozi va og‘ir darajadagi reflyuksning takrorlanishi 3% dan 40% gachani tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi: Klinik ma’lumotlarni tahlil qilish, miksion sistografiya, ultratovush tekshiruv usullari asosida bolalarda QSNRni endoskopik davolash natijalarini o‘rganish. Materiallar va usullar: Tadqiqotda Andijon davlat tibbiyot instituti (ADTI), Bolalar jarrohligi kafedrasi tomonidan 2017-2022 yillarda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi urologiya bo‘limida (AVBKTTM) davolangan 28 nafar bemor bolalarning ma’lumotlari keltirilgan. Bemorlarning yoshi 3 yoshdan 11 yoshgacha. O‘rtacha yoshi (5,1±3,1 yil). Bemorlar orasida ikki tomonlama reflyuks 7 (33,3%) nafar bemorlarda, bir tomonlama reflyuks 14 (66,6%) nafar bemorlarda kuzatildi. Ulardan sistografiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra III - daraja reflyuks 17 (60,7%), IV - daraja reflyuks 11 (39,%) ga teng bo‘lib, o‘g‘il bolalar - 11 (39,2%), qiz bolalar - 19 (67,8%) ni o‘z ichiga oldi. Natijalar va xulosa: Bolalarda QSNRning III-IV darajasida endovezikal korreksiya qilish usuli reflyuksni bartaraf etishning alternativ samarali usulidir. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha QSNRni endoskopik korreksiyalash takrorlanishi mumkin. Reflyuksni endoskopik davolash bo‘yicha ko‘plab urinishlar muvaffaqiyatli bo‘lmagan hollarda, birlamchi QSNR uchun eng samarali davolash ochiq jarrohlik yo‘li bilan Cohen usuli yordamida siydik yo‘li neoimplantasiyasi operasiyasini o‘tkazishdir.
Publisher
Andijan State Medical Institute